alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NAJOT YO‘LI” MA’NAVIY-MA’RIFIY QO‘LLANMASINING TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

15:07 19.05.2023

Oila, insoniy fazilatlar, o‘zaro hurmat, milliy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi kabi ko‘plab tushunchalar borki, ularni nafaqat yosh avlod balki, farzand o‘stirayotgan barcha ota-onalarga yetkazish muhim hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda esa eng muhim vositalardan biri bu – kitobdir. Bugun, 19-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida ayni shu kabi tushunchalarga batafsil izoh beruvchi “Najot yo‘li” ma’naviy-ma’rifiy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu qo‘llanma institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi a’zosi A.Qo‘ldoshev hamda Axborot resurs markazi direktor o‘rinbosari M.Qo‘ldasheva hammuallifligida yozilgan bo‘lib, taqdimotda O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat bo‘limi raisi M.Artiqova,   institut Axborot resurs markazi bo‘lim boshlig‘i Y.Iminova hamda tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar qo‘llanmada alohida belgilangan bo‘limlar, ularning o‘quvchiga beradigan ma’naviy ozuqasi, yoshlar tarbiyasidagi muhim jihatlar, odob-axloq masalalariga alohida e’tibor berilganligini aytib o‘tdilar.

Qo‘llanma mualliflari o‘tmish merosiga jiddiy nazar bilan yondashganliklari, uning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni alohida ekanligini ta’kidladilar. Salomlashish odoblarini, o‘zbek xalqining o‘ziga xos qadriyatlarini ham alohida misollar yordamida tasvirlanganligini ta’kidladilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!