Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAMANGAN SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHILARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

22:59 17.03.2022

Taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik soha rivojini yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qilmoqda. Boisi rahbarlar, oʻqituvchilar, talabalar va oʻquvchilar oʻrtasidagi uchrashuvlar tajriba almashinuvi aloqalarini mustahkamlamoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov Namangan shahridagi Prezident maktabida boʻldilar.

Tadbir avvalida Prezident maktabi v.v.b. ijrochi direktori O.Zokirov maktabdagi oʻquv jarayonlari, oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, oʻgʻil-qizlarning bugungi kunda erishayotgan yutuqlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori oʻquvchilarni yashillik va goʻzallik bayrami – Navroʻzi olam bilan muborakbod etdi, soʻngra institut faoliyati, taʼlim tizimi, mavjud fakultetlar va yoʻnalishlar, professor-oʻqituvchilar, talabalarning iqtidori va muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbir davomida institutning tibbiyot sohasi rivojidagi ahamiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari, taxsil olayotgan xorijlik talabalar toʻgʻrisidagi videorolik namoyish etildi.

Uchrashuv doʻstona suhbatga ulandi. Tibbiyotga qiziqqan, yuqori marralarni koʻzlayotgan oʻquvchilar institut rektoriga oʻz savollarini berdilar. Sohaga oid, ayniqsa, xirurgiya yoʻnalishidagi qiziqarli savollardan ruhlangan rektor barcha savollarga batafsil javob berdi va oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Eng yaxshi savol egalariga esa institutning esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Uchrashuvdan soʻng maktab rahbari maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan fan, sport, hunar toʻgaraklari, oʻquvchilar turar joylari bilan yaqindan tanishtirdi. Institut rektori maktab jamoasi va oʻquvchilarni ochiq eshiklar kuniga taklif etdi va har ikki taʼlim muassasa rahbarlari hamkorlik aloqalarini yanada bardavom boʻlishiga kelishib oldilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!