Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Andijon shahridagi “Namuna” MFYda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 25 nafar xodimlar ishtirok etdi. Ko‘rik davomida 3-4-guruhga kiritilgan 215 nafar aholi salomatligi tekshirildi. 3 nafar bemor uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 92 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 2 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yo‘llanma orqali yuborildi. Tibbiy tekshiruvlarda 64 ta EKG, 58 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.