Mahallalardagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bugun esa Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida musobaqaning shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.
Yigitlar va qizlar oʻrtasida olib borilgan bellashuvda institutga biriktirilgan “Namuna” MFYning yoshlari ham gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Unda bizning mahalla yoshlari umumiy hisobda 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.