alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIGʻILISHI KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA INSTITUT ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISH BORASIDA YANA AMALGA OSHIRILISHI LOZIM BOʻLGAN ISHLARGA BAGʻISHLANDI

23:48 23.02.2022

Fevral oyi yakunlari, oy davomida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan navbatdagi ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida kafedralarda oʻz ustida izlangan, ilmiy ishlarda faol, yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir qator rahbarlar, professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, institut talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan inson qadri uchun “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostidagi eng yaxshi uy sharoitidagi videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Shundan soʻng kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi. Institutda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, salbiy illatlarga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish borasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimini nazorat qilish boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan fakultetlar, kafedralar, professor-oʻqituvchilarning 2021-yil natijalari boʻyicha reytinglar eʼlon qilindi. Yuqori oʻrinlarni egallagan fakultet va kafedralar alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, institut ilmiy salohiyatini oshirish borasida kafedralarda olib borilayotgan ishlar xususida ham toʻxtalib, rektor tomonidan masʼullarga kerakli topshiriq va vazifalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!