NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

17:28 24.09.2025

Bugun, 24-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida sentabr oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Dastlab, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.

Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinovning 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri axboroti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinovning kafedralarda 9 oylik reyting natijalari holati tahlili, Axborot kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha prorektor J.Jahongirovning hemis dasturida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumoti, O‘quv bo‘limi boshlig‘I Q.Isaqovning kafedralarda til o‘rganish va sertifikat olish hamda TOP 300 talikka kirgan oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlaridan fanlar o‘quv dasturlariga kiritish holatlari bo‘yicha ma’lumotlari tinglandi.

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi AQShning Klivlend shahrida o‘tkazilgan yurak, qon-tomir jarrohligi sohasidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri — Xalqaro Klivlend Aortal Simpoziumida ishtirok etgan edi. Simpozium davomida Klivlend klinikasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti bilan mustahkam hamkorlik olib borilayotgani uchun institutimiz rektori M.Madazimov sertifikat bilan taqdirlangan edi. Mazkur sertifikatni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov topshirdi.

Skip to content