Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI PREZIDENT RAISLIGIDA SPORT TA’LIMINI YAXSHILASH, IQTIDORLI SPORTCHILARNI SARALASH VA ULARNING ZAXIRASINI YARATISH HAMDA MURABBIYLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR YUZASIDAN O‘TKAZILGAN VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHIGA BAG‘ISHLANDI

15:38 26.05.2022

Ilmiy kengash yig‘ilishida institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida may oyi davomida mehnat faoliyati davomida samarali ish olib borgan kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar, olimpiada va tanlovlarda munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandi.  Shuningdek, 46 yil davomida Andijon davlat tibbiyot institutida samarali faoliyat olib borgan bosh hisobchi Bahromjon Nurdinovni nafaqaga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Dastavval Prezident raisligida sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar, institutda sport tadbirlarini rivojlantirish, talabalarni turli sport to‘garaklariga jalb etish haqida topshiriqlar, fikr-mulohazalar bildirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli buyrug‘iga asosan tibbiyot tizimidagi barcha korxona-tashkilotlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va talabalarning “Odob-ahloq qoidalari” qayta ishlab chiqildi va tasdiqlash uchun Kengashga kiritildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, Ilmiy kengash yig‘ilishi davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy maqolalar chiqarish, malaka oshirish borasida ham kerakli topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!