alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MAQSADIDA O‘TKAZILGAN ONLAYN SO‘ROVNOMA NATIJALARINI TAHLIL QILISHGA BAG‘ISHLANDI

17:08 22.02.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Institut rektori M.Madazimov rahbarligida o‘tgan mazkur yig‘ilishda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdilar.

 

Yig‘ilishda dastlab, o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy ishlarni muvoffaqiyatli himoya qilgan fan nomzodlari, milliy hamda xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi.

Mazkur ilmiy kengash yig‘ilishi kun tartibidan:

  • Andijon davlat tibbiyot institutining 2022-yildagi reyting ko‘rsatkichlari tahlili va talabalar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalari;
  • Gospital va fakultativ jarroxlik kafedrasi mudiri E.Jumaboyevning Rossiya Federatsiyasiga safari bo‘yicha xisobot;
  • Tanlov asosida saylov;
  • Ilmiy axborotlar va turli masalalar joy oldi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!