NAVBATDAGI ILMIY KENGASHINING YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASHINING YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:29 23.04.2025

Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat tibibyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Dastlab, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi – institutga yuklatilgan vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha rejalar” haqida ma’lumotlarni berdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga bo‘lgan tashrifida Prezidentimiz tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi. Bu borada o‘tgan yili 650 o‘rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard so‘m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini beradi. Institutimizdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Bunga yana 100 milliard so‘m ajratilishi maʼqullandi. Simulyatsion markazda sinovdan o‘tgan tibbiy xodimlarga qo‘shimcha 100 foiz ustama berilishi belgilandi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari hozir 2 ming nafar namanganlik yoshlar Andijonga qatnab o‘qiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanishi, bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqilishi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi berilishini aytib o‘tdi. Institutimizda xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda ular1000 nafardan ziyod. Shuni inobatga olgan holda Prezidentimiz Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o‘qimoqchi bo‘lganlar hisobiga, viloyatda tibbiy taʼlim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish mumkinligini taʼkidladi. Mutasaddilarga xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun “talaba vizasi” joriy qilish bo‘yicha bir oyda taklif kiritish topshirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i R.Djurayevning institutda ijro intizomi to‘g‘risidagi hisoboti, Innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinovning ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik holati bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida rektor institutda fan, tibbiy ta’lim, talabalar amaliyoti, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, talabalarni xorijiy til sertifikatlarini olishga yo‘naltirish, xorijlik mutaxassislarni dars jarayonlariga jalb etish, xalqaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy salohiyatni oshirish borasida muhim topshiriqlar berdi.

Skip to content