alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI MANZIL «YANGI TURMUSH» MFY

18:08 22.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasida bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan institut talaba yoshlari “Yangi turmush” MFYda boʼldilar. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda Maʼanaviyat va maʼrifat, yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov ham ishtirok etdi.

Mahallada jami 2405 nafar aholi boʼlib, shundan 442 nafarini yoshlar tashkil etadi. Mahallada 5 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar mavjud. Viloyatimizda oʼtkazilayotgan “Madaniyat oyligi” doirasida MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi, jumladan uyushmagan yoshlar uchun oʼtkazilgan madaniy tadbirni “Yosh gitarachilar” toʼgaragi aʼzolari boshlab berdilar. Shundan soʼng, xalqaro olimpiada gʼoliblari “Yosh akademiklar” guruhi tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish usullarini mulyajlar yordamida targʼib qildilar. Ishtirokchilarni qiziqtirgan “Odamni elektr toki urganda qanday yordam koʼrsatiladi?”, “Аvtohalokat holati sodir boʼlganda jabrlanuvchilar mashinadan qanday chiqarib olinadi?” kabi savollariga amaliy javob berdilar. “Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya qilish boʼyicha targʼibot ishlarini olib bordilar. Shundan soʼng, “Shifokorlar” talabalar teatr studiyasi jamoasi Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan “Koʼcha bolalari” spektaklini namoyish etdilar. Uchrashuvda 120 nafardan ziyod mahalla aholisi ishtirok etdi.

Shuningdek, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish borasida institutda tashkil etilgan turli sport, til, fan, musiqa va kasb-hunar toʼgaraklarida faoliyat boshlagan yoshlar haqida keyingi sahifalarda tanishishingiz mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!