Yigʻilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Yigʻilish avvalida joriy yilning 7-fevraldan boshlanadigan oʻquv jarayoniga tayyorgarlik, muassasada karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish borasida soʻz yuritildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan institutimizda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlar, kafedralardagi toʻgaraklar faoliyatini yanada shakllantirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlar himoyasini koʻpaytirish, darslarda talabalarning faolligi oshirish borasida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, mavzu borasida masʼul mutaxassislarga topshiriqlar berildi.