Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Neonatologiya,nevrologiya,psixiatriya va endokrinologiya kafedrasi

Kafedra mudiri dotsent DILRABO ABDURASULOVNA ERGAShBAEVA

Tel: +998 90-545-37-27

 e-mail: Dilrabo@umail.ru

 

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya yo‘nalishi

Vrachlar malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya kafedrasi 1991 tashkil topgan. Dastlab neonatologiya kursi bo’lib, so’ngra 1996 yildan boshlab Vrachlar malakasini oshirish fakulteti neonatologiya kafedrasi bo’lib nomlana boshlagan. Birinchi kafedra mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor M.M.Madaminova 1991-1997 yillari ,1997-2002 yillari tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor B.E. Begmatov, 2002 -yildan boshlab 2012 yilgacha dotsent, oliy toifali shifokor X.A.Xusanova, 2012 yil noyabr oyidan 2013 yil aprel oyigacha t.f.n B.B.Inakova, hozirda kafedrani dotsent D.A.Ergashboeva boshqarib kelmoqda. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya yo‘nalishi Andijon shahar 1- shahar bolalar shifoxonasida joylashgan, bu shifoxona 1996 yildan buyon «Viloyat neonatal markazi» bo’lib hisoblanadi, bu erda kafedra xodimlari konsultativ va davolash ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar. Ular neonatologiya kafedrasini tashkil etish bilan birgalikda atrofiga qobiliyatli shogirdlarni to’plab, Andijon neonatologlar maktabiga asos solishgan. Shu davrlar mobaynida kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat ko’rsatishgan: assistentlar: Sh.Sattarova, G.Adilova, R.Nurgalieva F.Djabbarova, M.Muxammadjanova. Bu davrlar mobaynida dotsent B.E.Begmatov nomzodlik, dotsent X.A. Xusanova nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. Ushbu yillarda B.B. Inakova, D.A.Ergashboeva nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. Kafedra bazasi 1-shahar bolalar shifoxonasida joylashgan bo’lib, aholiga soha bo’yicha diagnostika yordamini ko’rsatib kelmoqda. Kafedraning hozirgi kundagi xodimlari tarkibi – kafedra mudiri, dotsent D.A. Ergashboeva, katta o’qituvchi G.R.Adilova .

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya kafedrasi 1-shahar bolalar shifoxonasida joylashgan. 4 ta o’quv xonasiga, 3ta kompyuter, ma’ruza zaliga, ma’naviyat xonasiga ega. Kafedrani har bir o’quv xonalari elektron kutubxonaga va dars o’tishga moslashtirilgan dasturlar bilan boyitilgan, zamonaviy kompyuterlar va texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

O’quv xonalardagi har bir kompyuter neonatologiya fani bo’yicha majmualar, elektron adabiyotlar va videoroliklar bilan keng boyitilgan. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar zamonaviy dasturlar va texnik vositalar, slaydoskop va mavzuga oid plakatlar yordamida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan xolda olib boriladi. Kafedrada Farg’ona vodiysida faoliyat ko’rsatib kelayotgan neonatolog shifokorlar tahsil oladilar.

Kafedraning ilmiy salohiyati hozirda 75% bo’lib, xodimlar tomonidan so’nggi yillarda 18 dan ortiq o’quv qo’llanmalar, 58 dan ortiq ilmiy maqola va 200 dan ortiq tezislar, 78 ratsionalizatorlik takliflari yaratildi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar natijalari amaliyotga tadbiq etildi.

Davolash ishlari asosan bo’lim javobgarligi, kasallarni kundagi ko’ruvi, vrachlar o’rtasida seminarlar, patologoanatomik konferentsiyalar o’tkazish, ertalabki navbatchi vrachlar hisoboti, oylik va yillik hisobotlarni o’tkazish sifatida olib boriladi. Yil davomida kafedra xodimlari shifoxonaning quyidagi bo’limlarida davolash ishlarini olib bormoqdalar: kasallikka moyil chaqaloqlar bo’limi, chala tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo’limi va intensiv davolash bo’limi.

Kafedra mudiri bilan dotsent neonatologiya markazining maslahatchilari, kafedra assistentlari bo’limlarda kasallarni nazorat qilishadi. SHifoxona davolash – nazorat komissiyasi ishlarida faol qatnashadilar, perinatal bo’limi holatlariga takrizlar yozadilar.

KAFEDRA JAMOASI

Ergashbaeva Dilrabo Abdurasulovna

Kafedra mudiri t.f.n., dotsent.1973 yil. Andijon shaxrida tug‘ilgan. 1997-y. ADTI, pediatriya fakultetini tamomlagan.30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tatbiq etilgan ishlar, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi

 Adilova Gulnora Raxmatovna

Katta o‘qituvchi, 1962-yil Andijon  shahrida tug`ulgan. 1986-yilda ADTI, pediatriya fakultetini tamomlagan. Oliy toifali shifokor-neonatolog. 13 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 8 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tatbiq etilgan ishlar.

 

Toshmatov Akromjon Qosimovich

Kafedra mudiri t.f.n.  1966 y. Andijon viloyati Andijon tumanida tug’ilgan. 1993-y. ADTI, davolash fakultetini tamomlagan. 2004.05.25 da tibbiyot fanlari ilmiy darajasi berilgan.2005 yildan shu runga qadar oliy toifali shifokor nevrolog bo’lib faoliyat yuritmoqda.  40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tatbiq etilgan ishlar, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi

                                           Urinova Gulnoza Gulomiddinovna

Assistent, 1988-yil Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda ADTI, davolash fakultetini tamomlagan. 2016-yil ADTI magistratura  nevrologiya yonalishini tamomlagan. 5 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 1 ta patent.

                                          Galimova Elmira Maratovna

Assistent, 1981-yil Andijon  shahrida tug`ulgan. 2007-yil ADTI, pediatriya fakultetini tamomlagan.  3 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar

                                        Sayfutdinova Raisa

Assistent, 1981-yil Andijon  shahrida tug`ulgan. 2007-yil ADTI, pediatriya fakultetini tamomlagan.  3 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!