Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan “Nevrologiyada og‘riqli sindromlar qiyosiy tashxisi, zamonaviy davolash usullari” hamda «Neonatoogiyaning dolzarb masalalari» mavzularidagi o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda.
Mazkur anjuman doirasida Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetining Nevrologiya kafedrasi professori Axmadeyeva Leyla Rinatovna hamda Gospital pediatriya kafedrasi professori Elza Ahmedayeva Nabiahmetovna viloyatimizda bo‘lib turibdi. Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetining Nevrologiya kafedrasi professori Leyla Axmadeyeva bilan uchrashdi va bilan mehnat shartnomasi imzolandi.
Anjuman davomida Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi hamda Nevrologiya kafedrasi pedagog o‘qituvchilari, kursantlari, klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalarga maʼruzalar, seminar (vebinar)lar, mahorat darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.