“NOMINGIZ DILLARDA MANGU BARHAYOT” NOMLI XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NOMINGIZ DILLARDA MANGU BARHAYOT” NOMLI XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

15:57 07.05.2024

Bugun, 7-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Nomingiz dillarda mangu barhayot” nomli xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda Bolalar jarrohligi kafedrasida uzoq yillar davomida ishlab ko‘plab shogirdlar yetishtirgan ustoz Rahimov Sultonboy Rahimovich xotirlandi.

S.Rahimov 1933 -yil 5-mayda Xorazm  viloyatining Xazorasp tumanida tavallud topgan. Ustoz 1960-yili Andijon viloyat shifoxonasida xirurg lavozimida faoliyat boshlab tez orada  bo‘lim  mudiri etib  tayinlandi hamda shu yili  Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy  jarrohlik kafedrasida assistent lavozimida ham faoliyat yurita boshladi. S.Rahimov amaliy tibbiyotdagi o‘z tajribalarini ilmiy asoslantirish va tibbiyot amaliyotiga kiritish borasida izlanishlar olib bordi. 1968-yili “Qorin bo‘shlig‘i aʼzolari operatsiyalaridan keyingi buyraklar funksional  holati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  yoqladi. S.Rahimovga 1983-yili 50 yoshida professor unvoni berildi.

S.Rahimov 1995-yildan umrini  oxirigacha Akademik V.V.Voxidov nomli  respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi ilmiy kengash a’zosi bo‘lgan.

O‘z ishiga sodiq  ustoz, mohir  jarroh, olim  S.Raximov Farg‘ona vodiysida Bolalar jarrohligini rivojlantirishga  katta hissa qo‘shgan. Bolalar jarrohlarining o‘ziga xos maktabini yaratdi. Farg‘ona vodiysi va qo‘shni  Qirg‘iziston Respublikasi Bolalar jarrohlari ilmiy  jamiyatini  tashkil  qildi va bu jamiyat hozirgi kunda  ham  faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda. Ustoz yaratgan katta maktabni hozirda uning shogirdlari  munosib  davom ettirib kelmoqda.

 

Ustozning xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, ustozning yorqin xotirasini yodga oldi.

Shundan so‘ng, Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov S.Rahimovning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berdi. Videoroliklar taqdim etildi. Tadbir davomida S.Rahimovning do‘stlari, shogirdlari va oila a’zolari so‘z olib, ustozning ibratli va mazmunli hayoti, faoliyati davomida amalga oshirgan yaxshiliklari va insoniylik fazilatlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida shogirdlar tomonidan ustozning oila a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!