NUFUZLI ILMIY JURNALLARDA ILMIY MAQOLA CHOP ETISH USULLARIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NUFUZLI ILMIY JURNALLARDA ILMIY MAQOLA CHOP ETISH USULLARIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

16:46 14.02.2024

Bugun, 14-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ishtirokida Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda 2023-yilda chop etilgan maqolalar tahlili va 2024-yil uchun qo‘yilgan rejalar haqida davra suhbati o‘tkazildi.


Unda kafedralar mudirlari, ilmiy ishlar bo‘yicha mas’ullar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida «Sience wep» MCHJ direktori U.Mirzaalimov  so‘z olib, “Scopus”, uning bazasiga kiritilgan jurnallarda ishonchli tarzda maqolalar chop etish haqida ma’lumotlar berdi.


Mazkur jurnallarda nashr etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar haqida aytilib, ushbu jurnallarda o‘z ishlarini chop etishga qiynalayotgan professor-o‘qituvchilarga tavsiyalar berildi. Shuningdek, maqolalarni chop etib berish xizmatlarini taklif qiladigan soxta kompaniyalarga aldanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!