alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OʻZBEK TILIDA NOTIQLIK SANʼATI” RESPUBLIKA KOʻRIK TANLOVIDA AHMED QADEER 2-OʻRINNI EGALLADI

18:47 19.10.2021

“OʻZBEK TILIDA NOTIQLIK SANʼATI” RESPUBLIKA KOʻRIK TANLOVIDA AHMED QADEER 2-OʻRINNI EGALLADI

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan 21- oktabr  O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab,  O‘zbekistonda joylashgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy fuqarolar uchun “O‘zbek tilida notiqlik san’ati” respublika ko‘rik tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat  va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich ishtirok etib, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kunining ahamiyati, bu kunning nishonlanishi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilab qo‘yilganligini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimizda va xalqaro maydonda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy sa’y-harakatlar va erishilayotgan natijalar haqida fikr bildirib, o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xorijdan kelib oliy ta’lim olish olish bilan birga o‘zbek tilini o‘rganib, bizning ona tilimizda ravon so‘zlashayotgan talabalar va ularning ustozlariga alohida hurmat ko‘rsatdi. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida xorijlik fuqarolarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov o‘z oldiga  O‘zbekistonda yashab, tahsil olayotgan xorijiy talaba va fuqarolar o‘rtasida O‘zbek tiliga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini ommalashtirish, o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va boshqa millat vakillariga o‘zbek tilini o‘rganishlarida yaqindan yordam berishni  asosiy maqsad qilib qo‘ydi.

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot institutida 12 ta davlatdan kelib oʻqiyotgan 256 nafar xorijlik talabalar oʻzbek tilini oʻzlashtirayotganliklari bizga iftixor bagʻishlaydi. Pokiston Islom respublikasi fuqarosi Ahmed Qadeer ham mazkur tanlovda ishtirok etib, 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumotlar va suratlar Edu.uz rasmiy saytidan olindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!