OʻZBEKISTON BAGʻRIKENG DIYOR – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OʻZBEKISTON BAGʻRIKENG DIYOR

19:01 15.11.2025

Oʻzbekiston koʻp millatli davlat. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari inoq yashab kelmoqda.

Yurtimiz boʻylab ayni kunlarda «Oʻzbekiston bagʻrikeng diyor» mavzusida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida ham xorijiy fakultet talabalari ishtirokida «Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Hindiston, Pokiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston kabi davlatlardan kelib taxsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Unda talabalar oʻzlarining milliy liboslarida raqslar tushishdi, qoʻshiq aytishdi. Ayniqsa, ular oʻzbek milliy liboslarida sof oʻzbek tilidagi chiqishlari olqishlarga sazovor boʻldi.

Skip to content