Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O.SALOHIDDINOVNING “MA’NAVIYAT” RUKNIDAGI KITOBLARINING TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

12:35 04.06.2022

Kitob o‘qigan insonning yuzi nurli, qalb gavhari porlab turadi. Keng tafakkuri bilan yaxshilik tarovatini baxsh etadi barchaga.

Andijon davlat tibbiyot institutining Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, olim, tibbiyot fanlari doktori Odil Salohiddinovning “Ma’naviyat” ruknida chop etilgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi hamda Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki ruhda olib borildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, kafedra mudiri R.Yo‘ldoshev so‘z olib, ustozning kardiologiya sohasida yetuk mutaxassis, ko‘plab bemorlarning dardiga davo bo‘lib kelayotgani, shu qatorda ta’lim-tarbiya, komil inson ma’naviyatiga oid maqolalar va kitoblar muallifi ham ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

O.Salohiddinov tibbiyot sohasiga oid 2 ta darslik, monografiya, 200 dan ziyod o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar, 40 dan ziyod ratsionalizatorlik takliflari, 500 ga yaqin maqola va tezislari muallifi hamdir. Shuningdek, uning “Ibratli rivoyatlar va hikmatlar”, “Farzand va nabiralarimga aytganlarim”, “Ko‘ngil tabiblari” kabi kitoblarida ota-ona va farzandlarning burchlari, milliy udum va qadriyatlarimiz, odamiylik, mehr-oqibat kabi o‘zbekona fazilatlarimiz aks etadi.

Tadbir so‘nggida Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan go‘zal raqslar va kuylar taqdim etildi. O.Salohiddinov uzoq yillar samarali faoliyati uchun institut Kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!