Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan «Obod» MFYda Yangi yil bayrami dasturlari davom etmoqda. Stomatologiya fakulteti xodimlari tomonidan ko‘ngilochar dasturlar tashkillandiki, mahalla aholisi mo‘jaz archa atrofida jam bo‘ldi. Quvnoq kuy-qo‘shiqlar yangradi, istaganlar raqsga tushdi. Turli viktorina o‘yinlarida ishtirok etgan bolajonlarga sovg‘alar taqdim etildi.