Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan “Obodonlashtirish oyligi” Andijon davlat tibbiyot institutida o‘ziga xos tarzda o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-avgust kuni xo‘jalik bo‘limining 62 nafar xodimlari tomonidan Andijon shahar Yu.Otabekov ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan bosh o‘quv-laboratoriya binosi, A.Fitrat ko‘chasi 212-a uy manzilda joylashgan 2 o‘quv-laboratoriya binosi va Chorguzar ko‘chasi 6-uy manzilda joylashgan talabalar turar joy binolari hududlarida daraxtlarni oqlash, begona o‘tlardan tozalash, bardyurlarni bo‘yash hamda rayxon ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.