OCHIQ ESHIKLAR KUNI – VATANPARVARLIK RUHIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OCHIQ ESHIKLAR KUNI – VATANPARVARLIK RUHIDA

13:49 22.08.2025

22-avgust kuni Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun esda qolarli tadbir — “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda ADTI professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalar qatnashib, harbiy xizmat jarayonlari, zamonaviy qurol-aslaha va texnik vositalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Harbiy soha vakillari tomonidan taqdim etilgan amaliy mashg‘ulotlar va ko‘rgazmalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, sport ko‘riklari hamda kamondan o‘q uzish kabi qiziqarli mashg‘ulotlarda talabalar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbir doirasidagi faoliyatlar yoshlarda Vatanga muhabbat, sadoqat, fidoyilik ruhini oshirish, fuqarolik mas’uliyati va harbiy burchga bo‘lgan hurmatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat bilim, balki ruhiy va ma’naviy yuksalish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Skip to content