2022 – yil 8–9 – sentabr kunlari Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor M.L.Agranovskiyning ochiq ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzalar 8 – sentabr kuni “Shaxs patologiyasi. Psixogeniyalar”, 9 – sentabr kuni esa “Endogen ruhiy kasalliklar shizofreniya. Bipolyar affektiv buzilishlar” mavzularida o’tkaziladi. Unda kafedra xodimlari, davolash fakultetining talabalari ishtirok etadi.
Ochiq ma’ruzalar har ikkala kuni ham soat 8.00 da Psixiatriya va narkologiya kafedrasining ma’ruza zalida boshlanadi.