alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ogahiyni yod aylab

15:58 13.12.2019

O‘zbek xalq juda katta adabiy merosga ega. Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy, Mashrab, Cho‘lpon kabi shoiralarimizning lirik merosi har qanday dilga oram beradi. She’riyatga oshno bo‘lgan inson esa ma’nan komal topib ezgulik sari intiladi. Shuning uchun ham ajdodlarimizning adabiy-badiiy merosini o‘rganish har birimizning burchimizdir.

Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  Kengashlar zalida  Tillar, pedagogika  va  psixologiya  kafedrasi  o‘qituvchilari  G.M.Minavarova  va   G.I.Hayitbayeva rahbarligida Muhammad Rizo Erniyoz o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210  yilligiga  bag‘ishlangan  tadbir  bo‘lib  o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida pediatriya  fakulteti  106-  va  107-guruh talabalari  qatnashdi.

Tadbirni  Tillar, pedagogika va psixologiya  kafedrasi  mudiri  M.M.Qo‘ziboeva  ochib  berdi  va  Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev tomonidan  ilgari  surilgan   5 ta muhim  tashabbusni  ijrosini  ta’minlashda  yoshlarimizni  faol  bo‘lishi,  o‘z  qobiliyatlarini  namoyon  etishi   va  o‘qishdan  bo‘sh  vaqtlarda  muntazam  ravishda  jamoat  ishlarida  qatnashishlari zarurligini aytib  o‘tdi.


Adabiy-badiiy tadbir avvalida Muhammad    Rizo  Erniyoz  o‘g‘li  Ogahiy  hayoti  va  ijodi  haqida  prezentatsiya  taqdim  etildi.  Bunda   shoir,  mutafakkir  va  davlat arbobi  bo‘lgan  buyuk  shaxs  haqida  batafsil  ma’lumotlar  berildi.

Taqdimotdan  so‘ng  talabalar  shoirning  g‘azallarini  o‘zbek  va  rus  tillarda  aytib  berdilar, raqslar  ijro   etildi.

Ogahiyning asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi  barcha  ishtirrokchilarga  manzur  bo‘ldi. 107-gurux  talabasi  Dilshoda Abduqodirova ijrosidagi fransuzcha qo‘shiqqa barcha jo‘rovoz  bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar adabiyot, san’at borasida yaxshigina mahoratga ega ekanliklarini ko‘rsata olishdi.

Muhammad Rizo  Erniyoz  o‘g‘li  Ogahiy tavalludining 210 yilligiga  bag‘ishlangan  tadbir ishtirokchilari ulug‘ ajdodimizni yod etish bilan birga adabiyotga oshno bo‘lishdi, maroqli va mazmunli dam oldilar.

Nigoraxon Ahmedova,

ADTI Tillar, pedagogika  va  psixologiya  kafedrasi  o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!