OGOH BOʻLING! HAYOTINGIZNI XAVFGA QOʻYMANG! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OGOH BOʻLING! HAYOTINGIZNI XAVFGA QOʻYMANG!

13:59 22.09.2021

OGOH BOʻLING! HAYOTINGIZNI XAVFGA QOʻYMANG!

2021-yil 21-sentabr kuni tungi soat 01:45 da Andijon shahrining Bogʻishamol dahasida favqulodda holat–yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Hodisa 3 nafar ADTI talabalari tomonidan sodir etilgan. Ular boshqargan treker rusumli avtomashina boshqaruvini yoʻqotganligi  natijasida beton toʻsiqqa borib urilib, avtohalokat sodir boʻlgan. Natijada Pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi, millati koreys, 1999-yilda tugʻilgan A. Yu., Farmatsiya yoʻnalishining 3-bosqich talabasi, millati oʻzbek, 2001-yilda tugʻilgan A. A. voqea joyida vafot etgan.  Farmatsiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi, millati oʻzbek, 2001-yilda tugʻilgan I. A. voqea joyidan RSHTYOIM Andijon filialiga olib kelinganidan soʻng, mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazilib, kalla suyagi oʻng tepa sohasi dekompressiv trepanatsiyasi va subdural gematomani  olib tashlash tashxisi oʻtkazilgandan keyin vafot etgan. Vafot etgan uch nafar talaba ham oʻtgan oʻquv yilida  Qozon federal universitetidan oʻqishini koʻchirib kelishgan, ijarada yoki talabalar turar joyida yashashmagan, oilasi bilan birga istiqomat qilib kelishgan.

Bevaqt olamdan koʻz yumgan 3 nafar talabaning oila aʼzolariga institut maʼmuriyati chuqur taʼziya izhor etadi.

Aziz talabalar!  Yoʻl harakati xavfzsizlik qoidalariga amal qiling, oila-aʼzolaringizni, yaqinlaringizni, ustozlaringizni qaygʻuga solmang!

Skip to content Click to listen highlighted text!