alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OILA – JAMIYATNING ASOSIY BO‘G‘INI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

12:50 17.05.2019

2019- yil 17- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida «Oila –jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida viloyat ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti  tashabbusi bilan tashkil etildi.


 
Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan tadbirda xotin-qizlar qo‘mitasi yacheykalari raislari, kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari psixologlar, viloyatimizdagi  “Oila” markazlari, shahar “Qaynonalar kengashi”, oliy va o‘rta –maxsus ta’lim muassasalaridan mehmonlar, talabalar ishtirok etdilar. Anjumanni institut xotin- qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisining o‘rinbosari D.O‘rmanbaeva ochib, so‘zni institut yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori P.Asxanovga  berdi .


Tadbirda Andijon shahar “Oila” ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxassisi Z.Xolbekova so‘zga chiqib, oilada sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom muhit, shaxsiy gigiena, yoshlarning tibbiy ko‘riklardan o‘tishi, oilada nosog‘lom farzandlarning dunyoga kelish sabablari kabi masalalar bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotiga  “Oila ensiklopediyasi” kitobi va futbolkalarni taqdim etdi.

Andijon shahar “Qaynonalar kengashi” raisi M.Hoshimova so‘z olib,  oiladagi ajrimlar, ularning sabablari va oqibatlari, qaynona va kelin munosabati, yoshlarni oilaga tayyorlash mavzulariga to‘xtaldi. Andijon tibbiyot kolleji o‘qituvchisi, ijodkor ustoz T.Parpieva oilaning muqaddasligi, oiladagi turli munosabatlar  to‘g‘risida yozgan qiziqarli she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

Shundan so‘ng, ADTI xotin-qizlar  qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi o‘rinbosari D.O‘rmanbaeva so‘zga chiqib, institut ma’muriyati va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘zlarining odobi, xulqi, bilimi va jamoat ishlarida faolligi bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan yosh namunali oilalarning bir nechtasi taqdirlanishini e’lon qildi. Tadbir davomida institut talabalaridan iborat yosh oilalar va ularning ota-onalariga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, mehmonlarga ham ana shunday  “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi.

Anjumanning badiiy qismida talaba-qizlar jozibali raqslari bilan barchani xushnud etdilar. Tadbir yakunida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan ta’sis etilgan “Oila gimni” ham havola etildi.


Ilmiy-amaliy anjuman qiziqarli va ishchanlik ruhida o‘tib, barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!