Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OILA USTUNI AYOL

14:47 03.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Milliy qadriyatlarimizni ulug’lash” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova, IIB Terrorizm va eksterimizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi B.Abbosova, viloyat Targ’ibot guruhi rahbari M.Qodirova hamda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar o’z sohalari yuzasidan – fuqarolar o’rtasida uchrab turgan kiberhujumni oldini olish, aldanib qolmaslik, kiberhujumga uchragan holatda qanday yo’l tutish borasida tushunchalar, jinoyatchilik va terrorizm masalalarida esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan yondashish, turli xildagi taqiqlangan materiallarni bilib bilmay tarqatmaslik, agar shu kabi holatlar sodir etiladigan bo’lsa, dastlab ma’muriy, takror sodir etilsa jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Viloyat bosh otinoyisi tomonidan qizlarni oila, turmush masalalarida nimalarga asosiy e’tibor qaratishlari zarurligi, yaxshi oila bekasi bo’lishdagi qilinishi zarur bo’lgan ishlar to’g’risida maslahatlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar talaba-qizlarning kelajakda yetuk shifokor, mustahkam oila bekasi, sevimli turmush o’rtoq bo’lishlariga xizmat qilsa ajabmas!

 

Skip to content Click to listen highlighted text!