“OILAVIY KAMSITILISHGA BARHAM BERISH” MAVZUSIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2018- yil 29- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  «Oilaviy kamsitilishga barham berish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbir 25-noyabr – Xalqaro xotin-qizlarni zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Tadbirni   yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  P.Asxanov  ochib, bugungi kunda  mamlakatimizda  xotin-qizlarga  ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning haq-huquqlari, erkinlari xususida  o‘z fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng, viloyat xotin- qizlar qo‘mitasi “Mehrimiz sizga” reabilitatsiya markazi direktori X.Mirzarahimova “Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham  berish bo‘yicha  xalqaro SEDAW konvensiyasi”  mavzusida  ma’ruza  qildi.

U o‘z ma’ruzasida  SEDAW konvensiyasining   tuzilishi, undagi  bo‘lim  va moddalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuncha  berdi. Shuningdek, yurtimizda  oilaga, ayolga  bo‘lgan munosabat yuqori darajada ekanligini e’tirof etib, xotin-qizlar huquqlarini  kamsitilishiga barham berish uchun yanada targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligini aytib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga mavzuga doir videorolik  namoyish etildi.

Davra suhbatida viloyat Qizil Yarim Oy jamiyati ijrochi direktori A.Uzoqjonov, Andijon shahar Qizil Yarim Oy jamiyati “Mehrim sizga” reabilitatsiya markazi mutaxassisi H.Boltaboeva, ADTI xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Jo‘raevalar  ham  oilada ayollarning o‘rni, yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  borasida   o‘zlarining fikrlarini  bildirdilar.

Tadbirda  pediatriya, davolash  fakulteti  dekan o‘rinbosarlari, murabbiylar  va talabalar  ishtirok  etdilar.

212