“OIV/OITS – DOLZARB MUAMMO” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OIV/OITS – DOLZARB MUAMMO” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

11:51 01.12.2023

Bugun, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov, yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talabalar ishtirok etdi.

Unda mutaxassislar tomonidan OIV va OITS kasalligi tushunchalari, kelib chiqishi, yuqish hamda rivojlanish omillari haqida  maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda jahonning eng global muammosiga aylangan, kasallikning oldini olish, unga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida tushunchalar berildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad talabalarning OIV (Odamning imunitet tanqisligi virusi) va OITS (Ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) kasalligi, uni yuqish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berib, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligi aytib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!