2021-yil 25-avgust kuni Tokiodagi Milliy stadionda XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida 162 mamlakat vakillari ishtirok etdi. Oʻyinlarda jami sportning 22 turida 559 medal majmuasi oʻynaladi. Musobaqada jami 48 nafar oʻzbekistonlik sportchi qatnashadi. Quvonarlisi, mazkur oʻyinlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi, “Jasorat” medali sohibi, Para suzish boʻyicha milliy terma jamoasi aʼzosi Muzaffar Tursunxoʻjayev ham ishtirok etmoqda. Institut jamoasi Muzaffarga omad tilaydi.
Eslatib oʻtamiz, Paralimpiya oʻyinlari 2021- yilning 24-avgustidan 5-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi.