Oliy ta’lim korrupsiyasiz soha bo’ladi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Oliy ma’lumotli insonlar jamiyatning ilg‘or qatlami hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olgan yoshlar jamiyatning taraqqiyotiga har tomonlama ko‘mak bera oladi. Shuning uchun ham oliy ma’lumotli yoshlarga hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda va ularga katta ishonch bildirilmoqda.

Yoshlar ham mana shu ishonchga javoban ezgu maqsadlar bilan ilm olishmoqda. Ammo korrupsiya degan jinoyat borki, u yoshlarning ezgu maqsadlariga, dadil qadamlariga g‘ov bo‘ladi. Andijon davlat tibbiyot institutida an’anviy tarzda o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbirida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va korrupsiyaga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi.

Institutning asosiy binosida o‘tgan “Shukronalik” tadbiri farmokologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Tadbirda pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov, dekan o‘rinbosari K.Baydullaev ishtirok etdi.

ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Jarroxlik va urologiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, shukronalik fazilati haqida gapirib o’tdi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli Fayozbek Hamidov «Korrupsiya – umr zavoli»mavzusida ma’ruza qilib o’tdi.  Davolash fakultetining dekani,dotsent Bahtiyorjon Mamatov talabalarga yaralilayotgan sharoitlar, oliy o’quv yurtlarida korrupsiya qarsh olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so’z yuritdi.

Institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov ishtirok etdi va korrupsiya va uning oqibatlari xususida ma’lumot berdi.

Hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim samaradorligi oshirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz zarur. Bu fikr “Shukronalik” tadbirlarida alohida ta’kidlab o‘tildi.

252