Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l tumani “Ko‘tarma chek” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Oltinko‘l oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi.
Unda 14 ta mutaxassisliklarga ega shifokorlar tomonidan 3-4-guruhga kiritilgan 167 nafar bemorlar qabul qilinib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, bemorlar UTT, EKG va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilib, ularga kerakli maslahat berildi va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 3 nafar bemorga viloyat, 7 nafar bemorga tuman tibbiyot muassasalariga sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalar berildi.