OMMAVIY SAYYOR QABUL DOIRASIDA KEKSALAR TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OMMAVIY SAYYOR QABUL DOIRASIDA KEKSALAR TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

17:04 14.03.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda Andijon viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida ham chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ishlari olib borildi. Mazkur tashabbus aholining sog‘ligini mustahkamlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Mazkur tadbirda Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, aholi salomatligini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar nafaqat tekshiruv ishlarini olib bordilar, balki bir qator bemorlarga zarur amaliy tibbiy yordam ham ko‘rsatdilar. Bu esa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xususan, oftalmologiya yo‘nalishi katta o‘qituvchisi Toʻlgʻanoy Usmanova o‘zining farzandi Davronbek Jaloliddinov bilan birgalikda katarakta tashxisi qo‘yilgan 6 nafar bemorning operatsiya xarajatlarini o‘z zimmalariga olib, ularning sog‘lig‘ini tiklash yo‘lida ezgu tashabbus ko‘rsatdilar. Bu kabi xayrli ishlar insonparvarlik va mehr-oqibatning yorqin namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Skip to content