alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OMMAVIY SAYYOR QABULI – MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA

16:12 11.05.2022

Shahrimizdagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatimiz tashkilot va muassasalari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori v.v.b. Foziljon Farxodov boshchiligidagi ishchi guruh qabullar davomida xalqning murojaatlarini tinglab, ularning fikr-mulohazalari bilan ham o‘rtoqlashish barobarida muammolariga yechim topishmoqda.

Sayyor qabul davomida Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M.Madazimov rahbarligidagi xodimlar ham aholiga xizmat ko‘rsatishmoqda. Institutga xujjatlarni topshirish, boshqa bir oliygohdan o‘qishni ko‘chirish kabi murojaatlarga batafsil javob berildi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti yonidagi “Shahidtepa” MFY aholining murojaatlariga ham o‘z o‘rnida yechim topildi. Mahalla va institut o‘rtasidagi katta ariq aholini suv bilan ta’minlayotgani bois suvni to‘xtatmaslikning nazorati shaxsan rektor boshchiligida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Sayyor qabul davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!