alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ONA TILIM ASRAGIL ELIM” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

20:39 21.10.2021

“ONA TILIM ASRAGIL ELIM” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbekning qadr-qimmati, urf-odatini shakllantiruvchi vosita bu davlatn tilidir. 1989-yil 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu qutlugʻ sana mana 32 yildirki nishlonlanib kelmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida “Ona tilim asragil elim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tashkil etildi. Unda institut rektori M.Madazimov, fakultet dekanlari, ularning oʻrinbosarlari, talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori ochib berdi va oʻzbek tilining ulugʻvorligi, ota-bobolarimiz oʻz ijodida oʻzbek tilidan unumli foydalanganliklari, ularning asarlari bugungi kunda ham sevib oʻqib kelayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Yetuk shoirlarimiz qalamiga mansub sheʼrlar va hikmatli soʻzlar iqtidorli talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. “Yosh gitarchilar” guruhining jonli kuy-qoʻshiqlari bayramga yanada fayz bagʻishladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!