Ona tilim – jonu dilim – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ona tilim – jonu dilim

09:31 23.10.2019

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “Ona tilim – jonu dilim” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir o’tkazildi.


Institutning tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bayram tadbiri institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori P.X.Asxanov ochib berar ekan, o’zbek tili tarixi, taraqqiyoti, bugungi kunda Davlat tiliga qaratilgan e’tibor xususida qisqacha to’htalib o’tdi.


Institutning oliy hamshiralik ishi, pediatriya, davolash yo’nalishlarining 1-, 2-, 3-kurslarida taxsil olayotgan ijodkor yoshlardan iborat guruhning til bayramiga bag’ishlangan badiiy dasturi so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahrirddin Muhammad Bobur hamda ma’rifatparvar Abdulhamid Cho’lponlarning o’zbek tili, til o’rganish, ta’lim-tarbiya borasida bildirgan fikrlarini sahna ko’rinishi orqali ifodalab berishdan boshlandi.


Tadbirda talabalar tomonidan g’azallar, she’rlar o’qildi, dono xalqimizning qikmatli so’zlari yodga olindi. Jonli ijroda aytilgan qo’shiqlarga dilbar raqslar ulandi.


Navoiy hayotiga oid sahna korinishi orqali o’zbek tilining boyligi, til o’rganishga e’tibor qaratish zarurligi ochib berilgan bo’lsa, o’zbek tiliga xorijiy so’zlarni qo’shib so’zlash oqibatida tilmizga e’tiborsizlik qilinayotganligi kulgi ostidagi saqna ko’rinishlari bilan tanqid qilindi.


Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Zulhumorxon Rahimova rahbarligida tayyorlangan “Ona tilim – jonu dilim” deb nomlangan adabiiy-badiiy dastur yakunida barcha ishtirokchilar ona-vatan haqidagi qo’shiqni jo’rovozlikda ijro etdilar.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan til bayramida barcha ishtirokchilari ona tilimiz jonu dilimiz ekanligini ko’rsata olishdi. Ona tiliga mehrli yoshlar bor ekan o’zbek tili abadiy yashaydi.

Odiljon Karimov,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content Click to listen highlighted text!