alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida  Xadjiteppe universiteti professori, onkolog Mustafo Erman

17:56 12.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiga Turkiya delegatsiyasi tarkibida  tashrif buyurgan  professor, vrach-onkolog Mustafa Erman Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi Andijon filialiga hamda  onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasiga tashrifini boshladi.


Tashrif davomida professor Mustafa Erman davolash fakulteti talabalari uchun “O‘pka saratoni” mavzusida,  onkologiya markazi shifokorlari hamda onkologiya kafedrasi magistrlari, klinik ordinatorlari uchun “O‘pka saratoni davolashning zamonaviy prinsiplari”  mavzularida ma’ruzalar o‘tkazdi. Ma’ruzalar tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.


Tashrif ikkinchi yarmida professor Mustafa Erman tomonidan markaz ximioterapiya va bolalar bo‘limida ko‘riklar o‘tkazildi. Onkologiya kafedrasi xodimlari va markaz shifokorlari ishtirokida tashxis qo‘yish va davolash jarayoni murakkab kechayotgan bemorlar muhokama qilindi.


Turkiyalik professor kafedraga tashrifi davom etadi.

D.Xasanov,

ADTI Onkolgiya va tibbiy radiologiya

kafedrasi dotsenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!