alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«OQ LIBOSLI XALOSKORLAR” KITOBI TAQDIMOTI O’TKAZILDI

16:36 22.05.2019

2019-yil 22-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Qurolli Kuchlar faxriysi, harbiy shifokor va ijodkor Iskandar Rahmonning “Oq libosli xaloskorlar” xotiralar kitobi taqdimoti o’tkazildi.

Kitob taqdimotini “Nuroniy” jamg’armasi Andijon viloyati boshqaruvi raisi O’ktamjon Oxunov ochib, so’z navbatini muallifga berdi. Iskandar Rahmon o’z kitobida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushida  ishtirok etgan o’zbekistonlik shifokorlar, sobiq jangchi haloskorlarning bosib o’tgan ibratli umr yo’llari, ko’rsatgan tengsiz mardlik va jasoratlari, front ortida urushdan keyingi yillardagi qizg’in faoliyatlarini yoritib berishga harakat qilganligini gapirib o’tdi.

Tadbir jarayonida “Nuroniy” jamg’armasi Andijon shahar bo’limi qoshidagi “Nuroniy” ansamblining xonanda va sozandalari ijrosida yangragan sho’x kuy-qo’shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

Tadbir yakunida institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori P.Asxanov so’z olib, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Bu kabi tadbirlarning tez-tez o’tkazib turilishi talaba-yoshlarni kitobga bo’lgan  qiziqishlarini oshirish bilan birga ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini ham rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Kitob taqdimoti taassurotlarga boy va qiziqarli o’tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!