O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA

O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIG’I

ISAKOV QOBILJON KOMILJON O’G’LI

+99893-410-10-22

+0374-223-94-58

e-mail: cibernetuz@gmail.com

 

BO‘LIM VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI

 

  • O’quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o’quv jarayoniga to’laqonli tatbiq etish;
    • O’quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o’quv ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va takomillashtirish;
    • Institutda o’quv reja va dasturlar asosida o’quv ishlarini amalga oshirish;
    • O’quv yillari uchun o’quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
    • O’quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo’yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o’quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressiv usullarini tatbiq etish;
    • Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma`ruza zallaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
    • Talabalarning o’zlashtirishi bo’yicha xulosalar chiqarish, joriy o’zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida institut bo’yicha Kengashga hisobot tayyorlash;
    • Institutning Kengashi, rektorat majlislari, markaziy uslubiy hay’atga o’quv ishlari bo’yicha ma`lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
    • O’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo’riqxat, ko’rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va rektorat kengashi qarorlarini, rektor va prorektor buyruq, farmoyish va joriy ko’rsatmalarini dekanat, kafedra va institutning boshqa bo’limlariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
    • O’quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
    • Muddatli buyurtmalar: professor-o’qituvchi jurnali, ma’ruzalarni qayd etish jurnali, o’qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o’quv blankalari bilan tegishli bo’limlar va kafedralarni ta’minlanishini nazorat qilish;
    • Kafedra va fakultetlarda o’quv ishlariga mutasaddilar bilan o’quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
    • Talabalar kontingentini aniqlash;

    Dekanatlar va kafedralarning yangi o’quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish.

 

O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA

 

Institut tashkil topgan yili dastlab davolash fakulteti tarkibida 48 ta kafedra ochilgan. Davolash fakultetiga professor K.A.Zufarov dekan lavozimiga tayinlangan va bu fakultetga 239 nafar talaba qabul qilingan.

Pediatriya fakulteti 1966-yilning 15 noyabrida Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 476-SH sonli buyrug’i bilan tashkil qilingan. Fakultetning birinchi dekani M.S.Soatov tayinlangan. 1972-yili O’rta Osiyo pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida pediatriya fakulteti tugatilgan. Pediatriya fakultetida o’qiyotgan talabalar O’rta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) hozirgi ToshPMI ga ko’chirilgan.

1976-yil institut moddiy texnika bazasining yuksalishi, Farg’ona vodiysi muassasalari uchun yuqori malakali pediatrlar tayyorlashning zaruriyati, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ochilishi munosabati va institut rektori Yu.O.Otabekovning tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 01/701-sonli buyrug’iga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibida qayta pediatriya fakulteti tashkil qilingan va qo’shimcha 12 ta kafedra ochilgan.

1999-yil Oliy hamshiralik ishi fakulteti ochilgan, fakultet dekani etib professor SH.K.Qodirov tayinlangan.

Davolash fakulteti qoshida 2001-yili kasb ta`limi (davolash ishi) yo’nalishi ochildi va bu yo’nalishga mas’ul etib dotsent T.Saydullayev tayinlandi.

2001-yildan institutda magistratura bo’limi ochilib, unga professor K.T.Xudoyberdiyev bo’lim boshlig’i etib tayinlandi.

Fakultetlarning birinchi qaldirg’ochlari:

Davolash fakultetida                                       – 1961 yili       – 192 nafar

Pediatriya fakultetida                                      – 1982 yili       – 112 nafar

Oliy hamshiralik ishida                                    – 2002 yili       – 8 nafar

Magistraturada                                                 – 2004 yili       – 16 nafar

Kasb ta’limi (davolash ishi)                             – 2008 yili       – 15 nafar

Institut tashkil topgan yildan boshlab iqtidorli talabalarni tanlashga alohida e’tibor berilgan. Barcha kafedralarda professor, dotsentlar iqtidorli talabalar bilan reja bo’yicha qo’shimcha darslar olib borganlar. Talabalarning intilishiga, qobiliyatiga va xohishiga qarab kafedralarda axborot texnologiyalari, chet tillari va mutaxassislik fanlari bo’yicha qo’shimcha darslar tashkil qilinishi natijasida bugungi kunga kelib, aksariyat kafedralarning professor-o’qituvchilarini institut bitiruvchilari tashkil etadi.

Institutda yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ilg’or fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tatbiq qilingan. Ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik fanlar, jumladan, yuqumli kasalliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi ilmiy-amaliy yo’nalishlar bo’yicha erishilgan fan yutuqlari, BMTning YUNISEF, bolalar fondi tomonidan kiritilgan zamonaviy yangiliklari, tasdiqqa asoslangan tibbiyot asoslari hamda tadqiqot natijalari talabalarga turli shakllarda, ilmiy seminar, qo’shimcha ma’ruza va o’quv-laboratoriya mashg’uloti tarzida o’tkazilmoqda, ilmiy-amaliy anjuman materiallari sifatida yetkazilishi amalga oshirilgan.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida o’quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi.

 

Hozirgi kunda institutda

Yo’nalish nomlari Shifri
1 Davolash ishi 60910200
2 Pediatriya ishi 60910300
3 Stomatologiya 60910100
4 Kasb ta’limi (davolash ishi) 5111000
5 Tibbiy profilaktika ishi 60910400
6 Oliy hamshiralik ishi 5510700
7 Farmatsiya 60910700
8 Sanoat farmatsiya 60910800
9 Xalq tabobati 60911100
10 Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari faoliyat yuritadi.

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan hozirgi vaqtga qadar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar

 

Ismi-sharifi Yillar
1. Professor To’rakulov Yorqin Xolmatovich 1955-1959
2. Professor Babayeva Valentina Abdullayevna 1959-1961
3. Dotsent Ibragimov Ismoil Ibragimovich 1961-1963
4. Dotsent G’aniyev Uchqun G’aniyevich 1963-1972
5. Professor Jumaboyev Soatqul Usmanovich 1972-1980
6. Professor Mirzayev Komil Mirzayevich 1980-1985
7. Dotsent Otaxonov Mamatbotir Otaxonovich 1985-1986
8. Professor Xo’jamberdiyev Mamazoir Axmedovich 1986-1996
9. Professor Qosimov Qobil Qosimovich 1996-2007
10. Professor Shadmanov Alisher Qayumovich 2007-2010
11. Professor Madazimov Madamin Mo’minovich 2010-2012
12. Professor Alimdjanov Ibroxim Inamovich 2012-2018
13 Professor Arzikulov Abdurayim Shamshiyevich 2018-2021
14 Professor Abdullajonov Baxromjon Rustamjonovich 2021- yildan xоzirgacha

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan to hozirgi vaqtga qadar o’quv bo’limi boshliqlari lavozimida ishlagan xodimlar

 

Ismi-sharifi Yillar
1. Dotsent Rumiy Said Sobirovich 1955-1969
2. Dotsent Maxmudov Aripdjan Maxmudovich 1969-1970
3. Martyanov Yuriy Aleksandrovich 1970-1972
5. Dotsent Mamajanov Xasanboy Inamovich. 1973-1977
6. Xamrakulov Mo’ydin Xamroqulovich 1977-1980
7. Elkina Lidiya Aleksandrovna 1980-1984
8. Dotsent Legkoeva Galina Aleksandrovna 1984-1992
9. Dotsent Jalilov Tojidin Jalilovich 1992-1999
10. Abduraxmanova Mavluda Numanovna 1999-2005
11. Dotsent Aliyev Xusniddin Maxmudovich 2005-2015
12. Yusupov Qahramon Muxiddinovich 2015-2016
13. Dotsent Inakova Barnoxon Baxodirovna 2016-2018
14. Dotsent Nazarova Gulchexra Usmanovna 2018-2019
14. Yusupov Qahramon Muxiddinovich 2019-2023
15. Isakov Qobiljon Komiljon o’g’li 2023-xozirgi kungacha

 

Dastlabki institut tashkil qilinganda fanlar bo‘yicha seksiyalar tashkil qilinib, ularni boshqarganlar ro‘yxati:

  1. Jarrohlik seksiyasi – rais prof. Y.Yasnogorodskiy
  2. Akusherlik-ginekologiya seksiyasi – rais dots. Yusupova
  3. Umumiyfanlarseksiyasi – rais dots. X.Y.Musayev
  4. Pediatriya seksiyasi – rais dots. E.S.Etsina
  5. Mediko-biologikseksiyasi – rais prof. G. F. Korotko
  6. Terapiya seksiyasi – rais prof. R.Rasulov

Institutda o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etilishida markaziy uslubiy hay’at va markaziy fanlar uslubiy hay’atlari faol ishtirok etmoqdalar. Markaziy uslubiy hay’atiga o’quv ishlari bo’yicha prorektor raislik qilib kelmoqda.

Institutda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha muammolar hay’atlari mavjud:

  1. Tibbiy-biologik yo’nalishi bo’yicha
  2. Profilaktik tibbiyot yo’nalishi bo’yicha
  3. Jarrohlik yo’nalishi bo’yicha
  4. Onalik va bolalik yo’nalishi bo’yicha

Markaziy uslubiy hay’atda o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiya, darsliklar ko’rib chiqiladi va institut Kengashiga taqdim etiladi, bakalavriat hamda magistratura yo’nalishlaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayon muhokama qilinadi.

Institut 1955-yildan 2021-yilgacha professor-o’qituvchilar tomonidan 45 ta darslik, 345 ta o‘quv qo’llanma, 6025 ta o‘quv-uslubiy qo’llanmalar, 124 ta o‘quv-uslubiy tavsiyalar, 1023 ta ratsional takliflar yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2021 yildagi PQ-60-son qaroriga asosan akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligi berilishi asnosida institutimizga o’z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o’quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish xuquqqi berildi. Institut professor-o’qituvchilari tomonidan 2022 yilda 153 ta o’quv qo’llanma, 13 ta darslik, 2023 yilda esa 245 ta o’quv qo’llanma, 26 ta darslik yaratilib nashr etish uchun griflar berildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga 1955-yildan 2023-yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 37094 nafar. Ulardan: davolash ishi yo’nalishiga – 22780, pediatriya ishi yo’nalishiga – 10395, oliy hamshiralik ishiga – 639, kasb ta’limi yo’nalishiga – 434, stomatologiya yo’nalishiga – 345, tibbiy profilaktika ishi yo’nalishiga – 189, farmatsiya yo’nalishiga – 265, sanoat farmatsiya yo’nalishiga – 121, xalq tabobati yo’nalishiga – 67, magistraturaga esa – 1859 nafar talaba qabul qilingan.

Institutda so’nggi yillarda o’quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish orqali raqobat bardosh tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalari va xorijiy tillarni o’rganishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida”gi, qarori boyicha bajarilgan ishlar

Asosiy o’quv binoning 2 ta ma’ruzalar zalida 2 ta elektrondoska va odam anatomiyasi kafedrasida            1 ta multisensorli displey o’rnatilgan.

Bioorganik va biologik kimyo kafedrasida tibbiy kimyo fanidan o’quv laboratoriyalari uchun 4 ta xona, biologik kimyo fanidan o’quv laboratoriyalari uchun 4 ta xona ajratildi, 2 ta Laboratoriya passportlari tayyorlanib, topshirilgan. O’quv laboratoriya xonalari uchun kerakli laboratoriya anjomlari va reaktivlarga buyurtmalar berilgan. 2017-2018-o’quv yilida yangi ochilgan farmatsiya yo’nalishi uchun 1 672 200 so’mlik kimyoviy reaktivlar sotib olingan. Samarqand “XIMREAKTIVINVEST” kompaniyasidan 3 ta mo’rili shkaf va 2 ta (25 l va 15 l) distillyatorlar olib kelingan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 5–maydagi PQ-2956-sonli “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora tadbirlari togrisida”gi qarori boyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Institutda davolash, pediatriya, kasb ta’limi (davolash ishi) yo’nalishlari o’qish muddati 7 yildan 6 yilga o’tkazildi. Bitiruvchi kurslar o’quv reja va fan dasturlari qayta ko’rib chiqildi va takomillashtirildi.

Davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi), stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya ta’lim yo’nalishlarining 1-kurs talabalari uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliginng 2017-yil 22-avgustdagi          № 474-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan malaka talablari va fanda sturlari asosida ishchi fanda sturlari ishlab chiqilgan.

Institutda o’quv jarayoniga zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari joriy qilindi, o’quv reja va dasturlarda mutaxassislik fanlarni ulushi 60-65% gacha ko’paytirilgan, O’quv jarayoni davomida amaliy ko’nikmalarni puxta o’zlashtirishi uchun, klinik fanlarda 50% ga nazariy va 50% amaliy qismini bajarilishi ta’minlangan, talabalar amaliy ko’nikmalarni puxta egallashlari uchun simulyatsion xonalar tashkil etilgan: muammoga yo’naltirilgan ma’ruzalar, diagnostika va davolashda klinik vaziyatlar, OSKEni trenajer, simulyatorlar va volonterlardа o’tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini, kasbiy va ixtisoslik fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarni klinik amaliyotni kengaytirish hisobiga qaratilgan vazifalarni bajarish, amaliy ko’nikmalarni puxta egallashlari, takomillashtirilgan o’quv reja va dasturlarga muvofiq tegishli shart sharoitlar yaratish maqsadida 24 ta klinik kafedralarda simulyatsion xonalar tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 27–iyuldagi “Oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi boyicha amalga oshirilgan ishlar.

Barcha ta’lim yo’nalishlarining barcha kurslarda 2 ta dan guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitish bosqichma-bosqich tashkil etildi.

– institutda chet tili kafedralari o’qituvchilarini jalb etgan holda professor-o’qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini chet tilida o’qitish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etildi.

– barcha ta`lim yo’nalishlarida mashg’ulotlar rivojlangan davlatlar nufuzli OTMlari professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv adabiyotlaridan foydalanib o’qitilishi yo’lga qo’yilgan.

Har haftaning seshanba kunlari bir marta (dars jadvalining 2-juftligida 40 daqiqa “Axborot soati”,        40 daqiqa “Murabbiylik soati” shaklida) barcha guruhlarda “Axborot va murabbiylik soati” mashg’ulotlari yuqori saviyada o’tkazilishi yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3071-sonli qarorida «Sog’liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko’z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to’ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Keyingi besh yilda Respublika markazlarida     150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi» deb aytib o’tilgan, shuningdek mavjud muammolardan biri bu shifokorlarni kasbiy mahoratlarini oshirish va bunda  klinik amaliy ko’nikmalarga ham e’tibor qaratish lozimligi qayd qilib o’tilgan bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-sonli qarorining 5-ilovasida 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam korsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining  IV bobi – “Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” va “Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida oquv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish” belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida 2018-2019 o’quv yilining sentabr oyidan o’qitish jarayoni sifatini yanada oshirish, tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart  sharoitlarni ta’minlash maqsadida “OQUV-SIMULYATSION LABORATORIYA” tashkil etildi.

“Oquv-simulyatsion laboratoriya” markazi institut asosiy binosida joylashgan bo’lib, faoliyatini tashkillashtirish jarayonida “Oquv-simulyatsion laboratoriya nizomi” ishlab chiqilgan va ushbu Nizomda barcha xodimlar lavozim yo’riqnomalari belgilangan.

O’quv xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, o’quv jihozlari, fantomlar, trenajerlar va simulyatorlar bilan jihozlangan bo’lib, talabalar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarini mulyajlarda amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajarilish va baholash me’zonlarini bajarishlari maqsadida 92 ta uslubiy tavsiyanomalari yaratildi.

Bugungi kunda Oquv-simulyatsion laboratoriya markazida 15 ta mutaxassisliklar uchun kabinetlar mavjud bo’lib o’quv jarayonida foydalanish uchun shay xolatga keltirilgan. Ushbu kabinetlarda 87 ta nomda  100 dan ortiq simulyator, trenajer, fantomlar va sarf materiallari mavjud.

OQUV USLUBIY BOSHQARMA XODIMLARI

 

F.I.SH Lavozimi Telefon raqami E-mail
1 Rustamova Zeboxon Abduqaxxorovna Boshqarma boshlig’i o’rinbosari 91-497-56-18 asmi_361@mail.ru
2 Hamrakulova Gulira’no Komilovna Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori yetakchi mutaxassisi 99-027-76-78 asmi_361@mail.ru
3 Mamadaliyeva Muxlisaxon Xabibillo qizi Boshqarma inspektori 90-217-14-19 asmi_361@mail.ru
4 Mamadjanova E’tiborxon Ulug’bek qizi Boshqarma dispetcheri 91-605-17-87 asmi_361@mail.ru
5 Kasimova Irodaxon Osmanjanovna Boshqarma usluchisi 91-611-50-90 asmi_361@mail.ru
6 O‘ktambekov Islombek Abduxalil o’g’li Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi 90-216-55-22 statisislombek4@gmail.com
7 G’aniyev Ilxomjon Ismoiljon o’g’li Boshqarma uslubchisi 97-994-65-15 ganiyev.ilhomjon@icloud.com
8 Abdurahimov Shuhratbek Akmaljon o’g’li Boshqarma uslubchisi 97-996-23-03 asmi_361@mail.ru samoinur-2303@mail.ru

 

O’quv – uslubiy boshqarma telefon raqami +74-223-94-58

O’quv – uslubiy boshqarma elektron pochta manzili asmi_361@mail.ru

Skip to content Click to listen highlighted text!