BO’TABOYEV JASURBEK MAHMUDJONOVICH
07.01.1989 yil
Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul, PhD, dotsent
Tel: +99893-411-55-05
e-mail: Butabaevjm@mail.ru
SOLIYEV DILGIRBEK MUHAMMADSHARIFOVICH
01.05.1986 yil
Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul, yordamchisi assistent
Tel: +99893-415-79-00
e-mail: Solievdilgirbek55@gmail.com
TURSUNOVA RO’ZA TURSUNOVNA
29.08.1977 yil
Klinik ordinatorlar bilan ishlash bo’yicha muxandis
Tel: +99891-167-41-66
KLINIK ORDINATURA
Klinik ordinatura (rezidentura) – diplomdan keyingi talim tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan talim, shifokorlarning uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining tarkibiy qismidir.
Klinik ordinatura o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 18 dekabrdagi “Klinik ordinatura to‘g‘risidagi nizom”ga, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi tomonidan 2018 yil 18 dekabrda ishlab chiqilgan “Klinik ordinaturada ta’limni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar”ga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590 sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga, 2019 yil 6 maydagi PQ-4310 sonli “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666 sonli “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga, 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asoslanib olib boradi.
Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida klinik ordinatura ta’lim yo‘nalishlari 1965 yildan faoliyat ko‘rsata boshladi. Qariyb 10 yil davomida, 1975 yilgacha klinik ordinaturada atiga 19 nafar klinik ordinatorlar taxsil olganlar.
Dastlab klinik ordinaturada o‘qish 7ta yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan: Akusherlik va ginekologiya, Ichki kasalliklar, Xirurgiya, Ko‘z kasalliklari, Psixiatriya, Bolalar kasalliklari, Quloq, tomoq, burun kasalliklari.
Bu yo‘nalishlarda klinik ordinatorlarga professorlar Ibadov I.Yu., Xalmatov A.X., Dustmuradov M.D., Boltabaev A.B., Fatxullaev I.F., Muxitdinova T.K., Salaxutdinov X.N., Alimov A.I., dotsentlar Chukanina N.N., Adinsova S.A., Ergashev M.A., Tursunova R.S. va boshqalar ta’lim berganlar.1975-1984 yillar davomida Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida taxsil olgan klinik ordinatorlar soni 208 nafarga, 1985-1994 yillarda – 709 nafargacha ko‘paydi, 2005-2014 yillar mobaynida esa – 1385 nafarni tashkil etdi.
Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinaturaga oid ta’lim programmalarini kengaytirish borasida doimiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, 2021 yil 12 avgustda Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi Privolje tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida Yuz-jag‘ xirurgiyasi va Xirurgik stomatologiya yo‘nalishlarida klinik ordinatura qo‘shma ta’lim dasturi imzolandi va ushbu dastur asosida xozirda 3 nafar klinik ordinatorlar taxsil olmoqdalar.
Xozirgi kunda ADTI klinik ordinaturasida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:
№ | |
Andijon davlat tibbiyot instituti 2023 – 2024 oʻquv yilida klinik ordinatura yoʻnalishlar mutaxasisliklar nomi | |
1 | Akusherlik va ginekologiya |
2 | Anesteziologiya va reanimatologiya |
3 | Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi |
4 | Bolalar nevrologiyasi |
5 | Bolalar nefrologiyasi gemodiliz bilan |
6 | Bolalar terapevtik stomotologiyasi |
7 | Bolalar xirurgiyasi |
8 | Bolalar yuqumli kasalliklari |
9 | Dermatovenerologiya |
10 | Ichki kasalliklar (Terapiya) |
11 | Pulmonologiya |
12 | Kardiologiya |
13 | Pediatriya |
14 | Neonatologiya |
15 | Laboratoriya ishi |
16 | Nevrologiya |
17 | Otorinoloringologiya |
18 | Oftalmologiya |
19 | Psixiatriya |
20 | Tibbiy radiologiya |
21 | Travmatologiya va ortopediya |
22 | Umumiy onkologiya |
23 | Umumiy Xirurgiya |
24 | Endokrinologiya |
25 | Yuqumli kasalliklar |
26 | Ftiziatriya |
27 | Epidemiologiya |
28 | Patologik anatomiya |
29 | Sud tibbiyot ekspertizasi |
30 | Allergologiya va klinik imunnologiya |
31 | Shoshilinch tibbiy yordam |
32 | Gematologiya va transfuziologiya |
33 | Narkologiya |
34 | Nefrologiya gemodializ bilan |
FAOLIYAT
Yuz-jag‘ xirurgiyasi va Xirurgik stomatologiya yo‘nalishlarida Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi Privolje tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida klinik ordinatura qo‘shma ta’lim dasturi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH. M. Mirziyoevning tashabbuslari bilan uyushtirilgan Andijon viloyati axolisiga tibbiy ko‘rikni tashkil etish bo‘yicha tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda ADTI birinchi va ikkinchi bosqich klinik ordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.