alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘SHA SODDA MUHAMMADNI YOD ETIB

12:19 26.04.2021

Xabaringiz bor talabalar turar joyida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan iftorlik bo‘lib o‘tdi. Unda battle kechasi ham tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov hamda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar. Tadbir mehmoni sifatida Muhammad Yusufning rafiqasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nazira as-Salom, shoir Shuhrat Orif, shoira Hurshidabonu Qo‘chqorova, “Namuna MFY o‘ramida yashovchi yoshlar Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, insoniy fazilatlari borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Fayzli dasturxon atrofida tashkillangan iftorlikdan so‘ng, asosiy qism mushoiraxonlik kechasi boshlandi. Unda Davolash fakultetining “O‘zbekiston”, Hamshiralik ishi yo‘nalishining “Lolaqizg‘aldoq”, Stomatologiya fakultetining “Ulug‘imsan, Vatanim”, “Yoshlar ittifoqi” harakatining “Fidoyilar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Unda Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, she’rlari va ibratli so‘zlari keltirib o‘tildi. Ayniqsa, shoir qalamiga mansub she’rlarning talabalar tomonidan zavq va shavq bilan o‘qilishi barchaning e’tiborini tortdi. Battleda g‘olib bo‘lgan Davolash fakultetining “O‘zbekiston” jamoasiga olqishlar davomi uzilmadi.

Gulxan atrofida viloyatimizning el suygan san’atkorlari tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar barchani davraga chorladi. Ayniqsa, institutimiz rektori pokistonlik talabalar bilan birgalikda ijro etgan qo‘shig‘i barchaga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!