Bugun, 19-fevral kuni viloyat hokimi o‘rinbosari Komiljon Komilov hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Andijon shahridagi 1-umumta’lim maktabida o‘qituvchi va bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida tashkil qilindi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov ham o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari va talabalarga berilayotgan imtiyoz hamda ularning yutuqlari haqida aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida, maktab rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida o‘zaro hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish, fan to‘garaklari tashkil etish kabi qator masalalarda kelishib olindi.