![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/02/photo_2022-02-19_12-27-18.jpg)
Аndijon davlat tibbiyot instituti Otorinolaringologiya kafedrasi tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn ma’ruzalar olib borilmoqda. Istanbuldagi Memorial Hizmet Hastenasi professori, taniqli Lor jarrohi Ozcan Ozturkning hozirgi kunda otorinolaringologiyada dolzarb muammolardan biri boʼlgan Koxlear implantatsiya amaliyoti haqidagi maʼruza va mahorat darsi kafedra xodimlari va talabalarning bilimlarini yanada boyitdi. Konferensiya otorinolaringologiya kafedrasi assistenti B.O’lmasov tomonidan sinxron tarjima qilib borildi.