Andijon davlat tibbiyot institutining adti.uz rasmiy kanali orqali ovozli chat hamda zoom platformasi orqali onlayn konferensiya oʻtkazildi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor, qabul komissiyasi masʼul kotibi, fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari, buxgalteriya boʻlimi mutaxassislari, matbuot kotibi ishtirok etdi. Ovozli chat va onlayn konferensiyada 300 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi va 150 nafarga yaqin talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Onlayn muloqot davomida asosan talabalar turar joyidan kimlarga oʻrin ajratilishi, ijara shartnomasining tuzish shakllari va qulayliklari kabi savollar bilan birga oʻqishni koʻchirish, kredit-modul tizimi, toʻlov-kontrakt sharnomasini bajaraish muddatlari borasidagi savollarga ham atroflicha javob berildi.