alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbek ayollarining oqila va dono vakilasi xotirasiga bag‘ishlangan tadbir

15:13 21.07.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida yurt tinchligi, ravnaqi va farovonligi yo‘lida sermahsul mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar anchagina. Institut jamoasi ular bilan doimo fahrlandi. Institut faxri  bo‘lgan ana shunday insonlardan biri filologiya fanlar nomzodi, dotsent Lola Ubaydullayevna Xodjayeva edi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan marhum ustoz Lola Ubaydullayevna Xodjayevani xotirlash tadbiri o‘tkazildi. Onlayn ravishda o‘tkazilgan xotira tadbirini institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov olib bordi.

Tadbir avvalida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.M.Qo‘ziboyeva L.U.Xodjayevaning hayoti va ilmiy faoliyati haqida taqdimot-ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng 1-UASH kafedrasi mudiri, professor Z.S.Saloxiddinov, Ustoz L.U.Xodjayevaning hamkasbi, yaqin dugonalaridan Arofat Mirzakarimovna Karimova, Toshkent Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti V.A.Hakimov, ADTI Umumiy jarrohlik kafedrasi professori X.T.Musashayxov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Zohidov, ADTI xorijiy tillar kafedrasi mudiri L.S.Xudayberdiyevalar onlayn ravishda so‘z olishib L.U.Xodjayevaning ibratli hayoti, ezgu maqsad ila amalga oshirgan ishlari, go‘zal insoniy fazilatlari, do‘st sifatida sadoqati, atrofidagilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi harkatlari, pedagogik mahorati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar, opa bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdilar.

Tadbir davomida Ustoz xotirasiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi.

Tadbir yakunida Ustozning oila a’zolari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Xotira tadbiri ishtirokchilari dilbar ayol, o‘zbek ayollarining oqila va dono vakilasi, filologiya fanlar nomzodi, dotsent Lola Ubaydullayevna Xodjayevaning xotirasi dillarda mangu yashashini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!