Bugun, 9-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakillari hamkorligida «Bolalarnia zo’ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to’g’risida»gi qonun loyihasining muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Unda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi M.Madazimov, rais o‘rinbosari M.Musayeva, viloyat kengashi deputati N.To‘ychiyeva, Demokratik jarayonni tahlil qilish markazi Andijon viloyati bo‘linmasi rahbari F.Otaxonov, viloyat IIB vakili, podpolkovnik S.Nishonov va institut jamoasi, talabalar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda so‘z olganlar tomonidan bolalarga nisbatan zo’ravonlik turlari: jismoniy zo’ravonlik, ruhiy zo’ravonlik, g’amxo’rlik ko’rsatmaslik, ekspluatatsiya va shu kabi masalalar muhokamasi o’tkazildi. Unda ma’ruzachilar tomonidan qonun loyihasi, uning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv so’nggida partiya vakillari va ekspertlar talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.