![O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili institutimizda](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/10/photo_2021-10-14_14-26-36.jpg)
Mamlakatimizning tibbiyot sohasidagi mazkur o‘zgarishlarini amalga oshirish rejalariga O’zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili O‘ktamjon Axunovning Andijon davlat tibbiyot instituti pedagog va talabalari bilan uchrashuvda alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, partiya Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’uli Samidillo Mahmudovlar ishtirok etdilar.
Saylovoldi dastur bilan to‘liq tanishib chiqqanini misollar bilan izohlagan oliygoh psixologi O‘tkirbek Arziqulov o‘tgan besh yildagi tibbiyot sohasida yaratilgan imkoniyatlarni to‘lqinlanib gapirarkan, ularni dasturda belgilangani bo‘yicha izchil davom etishi soha vakillarini birdek mamnun etganini ta’kidladi. Masalan, shu sohadagi oliy ta’lim muddati bir yilga qisqardi, pedagog-shifokorlar maoshi sezilarli darajada oshirildi…
Qizg‘in fikr-mulohazalar ruhida o‘tgan uchrashuv, ayniqsa, talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Ma’lumot partiya axborot xizmatidan olindi