O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI 32 YOSHDA ! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI 32 YOSHDA !

11:04 02.07.2024

Bugun, 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Ushbu sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida tadbir o‘tkazildi.

Unda Pediatriya fakulteti dekani R.Rahmonov hamda Axborot resurs markazi ilmiy uslubiyat bo‘limi mudiri Y.Iminova so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining go‘zalligi, betakrorligi haqida aytib o‘tdi. Davlat ramziga oid muhim ma’lumotlar aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan bo’lib, bugun 32 yil to’ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri «Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida»gi qonun (1992-y. 2-iyul)da tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinadi.

Tadbir davomida sana munosabati bilan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!