alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI «IMMUNOLOGIYA VA INSON GENOMIKASI» INSTITUTI DIREKTORINING O’RINBOSARI, PROFESSOR KAMALOV ZAYNITDIN SAYFUTDINOVICH ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI BILAN UCHRASHUV OLIB BORDI

19:16 15.05.2022

Unda institutning professor-o’qituvchilari hamda Farmatsiya yo’nalishi, Davolash va Pediatriya fakultetlarining  3-4-kurs talabalari ishtirok etdi.

“O’zbekistonda fanga e’tibor. Immunologiya va allergologiya sohasida  erishilgan natijalar va mavjud muammolar” mavzusida o’tkazilgan ma’ruza davomida dastlab Immunologiya instituti to’g’risida, immunologiya fani va immunologiya va allergologiya sohasining dolzarb muammolari, erishilgan yutuqlari, yangiliklar haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Bundan tashqari professor Andijon shahrida Immunologiya va inson genomikasi institutining filiali ochilganini va shu sohada ilmiy izlanish olib bormoqchi bo’lganlar bilan o’zaro hamkorlik qilishga institut tayyorligi bildirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!