(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASINING MUTAXASSISLARI BILAN DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI

19:36 02.03.2021

Avvalgi habarlarimizda Oʼzbekiston Respublikasi harbiy tibbiyot akademiyasining mutaxassislari bilan oʼtkazilgan davra suhbati haqida habar bergan edik. Institutimizning ilmiy kengashlar zalida shu mavzuga qaratilgan yana bir tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning harbiy tayyorgarlik fuqaro muxofazasi kafedrasi boshligʼi, podpolkovnik А. Soliyev, Davolash fakultetining dekan oʼrinbosarlari L. Аliyev, N. Ablagimov hamda U. Karimov ishtirok etib, mehmonlar bilan tanishtirdi.
Oʼzbekiston Respublikasi tibbiyot akademiyasi tibbiyot akademiyasi harbiy qism jarrohlik akademiyasi boshlig’I, tibbiy xizmat, podpolkovnik N. Fozilov, harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi o’qituvchisi, mayor M. O’lmasov, Andijon shahar mudofaa ishlari harbiy xizmatga tayyorlash chaqiruv bo’limi boshlig’i A. Jo’rabekov Oʼzbekiston Respublikasi tibbiyot akademiyasi va kursatlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar toʼgʼrisida maʼlumot berdilar.Harbiy vrachlar tayyorlash kurslari kursantlarini saralab olish tartibi, nomzodlarni saralab olishning asosiy mezonlari va kursantlarga beriladigan imtiyozlar xususida atroflicha tushuntirdilar.
Tadbir soʼngida talabalar oʼzlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.