O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

15:10 06.12.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori G.Abduvohidova ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Institut rektori tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng sana munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar hamda “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalar taqdirlandi.

Mazkur marosimdan so‘ng Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti A.Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z yuritdi.

Tadbir chinakam bayram kayfiyatini kasb etdi. O‘zbekiston filarmoniyasi Andijon bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuylangan taronalar raqslarga ulanib ketdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!